Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:27

#FindKadyrovsCat: Ramzan Qodirovning mushugi yo‘qolib qoldi


Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov bir hafta avval Instagramdagi sahifasida mushugi o‘n kun oldin bedarak yo‘qolgani haqida yozgan edi. Qodirovning yozishicha, yo‘qolgan mushuk “o‘yinchoq yo‘lbarsga” o‘xshaydi.

Qodirovning posti o‘n minglab kishi tomonidan sharhlangan bo‘lsa-da, mushuk topilgan-topilmagani hozircha noma’lum.

AQShlik qiziqchi Jon Oliver esa mushukni izlayotganlar safiga qo‘shildi.

Last Week Tonight With John Oliver dasturining navbatdagi epizodida Oliver uni tomosha qilayotgan millionlab tomoshabinni #FindKadyrovsCat (#QodirovMushuginiTop) xeshtegidan foydalanishga hamda o‘z sharhlarida Qodirovning Twitter va Instagram hisoblarini ko‘rsatib o‘tishga chaqirdi.

“Qodirovning yo‘qolgan mushugi haqida qayg‘urayotgani yaxshi emas. Bu odamning xavfsizlik kuchlari odam o‘g‘irlashlar, qiynoqlar hamda undan battar ishlarga qo‘l urishda ayblanib keladi. U haqidagi Vikipediya maqolasida “Inson huquqlarini poymol qilishi haqidagi iddaolar” degan bo‘lim bor. Ushbu ostbo‘lim mavjudligining o‘zi katta ahamiyatga ega. Qodirovning mushugi yo‘qolgani yaxshi emasligini anglash uchun batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz shart emas”, dedi Oliver.

Buning ortidan qiziqchi Qodirovning ayovsiz metodlari haqida so‘zladi. Xususan, Oliver Checheniston prezidenti Rossiya prezidenti Vladimir Putinni eslatuvchi rasmlar tushirilgan kiyimlarni suyishini, telefonini yo‘qotib qo‘yganidan keyin Checheniston rasmiylari mingdan oshiq to‘yga kelgan mehmonni, jumladan, yosh bolalarni so‘roq qilganini aytib o‘tdi.

“Qodirov biror narsani topa olmasa, ozgina aqldan ozadi”, dedi Oliver.

Oliver yana o‘zining Twitter hamda Facebook hisoblarida “@RKadyrov, mana bu mushuk seniki emasmi?” deb yozdi.

Keyingi kunlarda #FindKadyrovsCat xeshtegi ommalashib, yuzlab odam yolg‘ondan Qodirovga yordam qo‘lini cho‘zdi:

Boshqalar Photoshop dasturi yordamida Qodirovning Instagramdagi sevimli ikki narasi – hayvonlar hamda Putinni birlashtirdi:

Ayrimlar hatto Qodirovning mushugi Game of Thrones filmida ko‘rsatilgan o‘lik mushuk bo‘lishi mumkinligini aytdi:

Yana bir foydalanuvchi Qodirovning mushugi uning repressiv tuzumidan o‘z ixtiyori bilan qochib ketganini aytib, “Men guvohlarni himoya qilish dasturiga qo‘shildim. Meni izlamay qo‘yaver”, deb yozdi:

Juda ko‘pchilik foydalanuvchi, jumladan,“Yordamga muhtoj odamlar” nodavlat tashkiloti #FindKadyrovsCat xeshtegi yordamida Qodirov tuzumida inson huquqlarining poymol qilinishi haqida yozdi:

(Nodir Otaev tarjimasi)

XS
SM
MD
LG