Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:59

Andijon shahri sobiq hokimi 18 yilga qamaldi


O‘tgan yilning aprel oyida hibsga olingan Andijon shahrining sobiq hokimi Nurillo Alimov boshchiligidagi jinoiy guruh a’zolari uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi. Qariyb o‘n yil davomida Andijon shahriga hokimlik qilgan Nurillo Alimov va uning sheriklari xizmat mansabini suiiste’mol qilish, pora olish, yer sotish kabi iqtisodiy jinoyatlarda ayblangan.

Andijon shahrining sobiq hokimi Nurillo Alimov 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Bu haqda xabar bergan andijonlik manbaga ko‘ra, qariyb bir yil davom etgan tergov davomida sobiq hokim boshchiligida tuzilgan jinoiy guruhning boshqa a’zolari ham aniqlanib, hibsga olingan edi.

“Viloyat hokimligi ro‘parasidagi “Andijon” mehmonxonasining direktori Abdurahmonov degan odam va yana bir necha kishi ham uzoq muddatlarga qamoqqa hukm qilindi. Bu amaldorlar xizmat mansabini suiiste’mol qilish, pora olish, jinoiy guruh tuzish, davlat ob’ektlarini noqonuniy sotish, yer sotish kabi iqtisodiy jinoyatlarda ayblangan”, dedi manba.

Andijon shahar hokimi Nurillo Alimov o‘tgan yilning 1 aprel kuni xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan uchinchi sessiyasida deputatlik maqomidan mahrum qilinib, ishdan olingan edi.

Shundan so‘ng, sobiq hokim hibsga olinib, uning ustidan tergov boshlangan edi.

Andijonlik huquq faoli Saidjahon Zaynobiddinovning aytishicha, sobiq hokim Nurillo Alimov faoliyati davomida o‘zidan yaxshi nom qoldirmadi:

- Nurillo Alimov yaxshi ishlamadi. O‘zining joyiga noloyiq odam edi. Odamlarni so‘kardi, haqorat qilardi. Masalan, uning sevimli so‘zlaridan biri “murda” edi. “Hoy, murdaga o‘xshab nega o‘tiribsan”, derdi. Odamlarni tahqirlaydigan ko‘p iboralar ishlatardi. Uni aslida avvalgi yili prezident saylovidan oldin ishdan olishmoqchi edi. Lekin saylov o‘tguncha indamay turishdida, keyin ishdan olib, ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atishdi, dedi Saidjahon Zaynobiddinov.

Ilgari chim ustida xokkey federatsiyasining vitse prezidenti bo‘lib ishlagan Nurillo Alimov 2005-2015 yillar davomida Andijon shahar hokimi bo‘lib ishlagan.

2014 yilda Andijon shahar prokurori Azizbek Mamatxo‘jaev O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining viloyat bo‘limi xodimlari tomonidan hibsga olingan edi. Ozodlik manbasiga ko‘ra, prokuror Mamatxo‘jaev ham pora olganlikda ayblangan edi.

XS
SM
MD
LG