Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:54

Prezident Karimov Sergey Lavrovni qabul qildi


O‘zbekiston prezidenti 24 may kuni Oqsaroy rezidensiyasida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

O‘zAning xabar berishicha, uchrashuv paytida Islom Karimov aprel oyi oxirida Moskvada oliy darajada o‘tgan O‘zbekiston-Rossiya muzokaralari natijalarini yuqori baholagan. Tomonlar Moskvada prezidentlar Putin va Karimov muzokaralaridan so‘ng imzolangan shartnomalarda belgilangan sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish niyatida sobit ekanliklarini bildirganlar.

Sergey Lavrov o‘z so‘zida Toshkentning ShHT raisi sifatidagi faoliyatini yuqori baholagan. Lavrov 23-24 may kunlari Toshkentda o‘tgan ShHT tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgan edi.

XS
SM
MD
LG