Линклар

Toshkentda o‘tgan ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashida vazirlar BMTning xalqaro terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha keng qamroqli konvensiyasini qabul qilish tarafdori ekanliklarini bildirdilar. Bu haqda 24 may kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumot berdi.

Xabarda aytilishicha, vazirlar mazkur konvensiya tez orada qabul qilinishi tarafdori ekanini ta’kidlagan holda, "konvensiya xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va xavfsizlikni mustahkamlashda har tomonlama hamkorlik rivojlanishiga sabab bo‘luvchi maydonni yaratadi", deb hisoblaydilar.

ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi BMTning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashdagi ahamiyatini bundan ham kuchaytirish tarafdorlari ekanini aytganlar.

Toshkentda ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi 23-24 may kunlari bo‘lib o‘tdi. 23-24 iyun kunlari Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti o‘tkaziladi.

XS
SM
MD
LG