Линклар

Rossiyaning Saratov viloyati Engels shahrida o‘zbekistonilikka qarshi milliy nafrat asosida qator jinoyatlarni sodir etgan shaxslar qamaldi.

Markaziy Osiyo yangiliklar xizmatining xabar berishicha, 18 yoshli Andrey Nechaev 2 yilga, 20 yoshli Aleksandr Bukrin 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Sudda aniqlanishicha, 2014 yilning 24 noyabrida ular milliy nafrat tufayli O‘zbekiston fuqarosining badaniga ikki marta pichoq urib qochib ketishgan. O‘zbekistonlik kasalxonaga yotqizilgan va uning hayoti saqlab qolingan.

Bundan tashqari sudlanuvchilar 2014 yilning oktyabr va noyabr oylarida ijtimoiy tarmoqlarga milliy nafrat qo‘zg‘ovchi chaqiriqlar va videolarni joylashtirgan. Shuningdek, ular bir qator o‘g‘irliklarni ham sodir etishgan.

XS
SM
MD
LG