Линклар

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi Internetga sudlangan pedofillar xaritasini joylashtirdi.

Huquqiy statistika bo‘yicha boshqarma veb saytida aytilishicha, xaritani joylashtirishdan maqsad, mazkur hududlarda sudlangan pedofillar tomonidan yangi jinoyatlarning sodir etilishining oldini olishdir.

Veb saytdan mamlakatning istalgan hududida yashovchi odam 1991 yildan to shu kungacha sudlangan pedofillarga oid materiallarni, jumladan, ularning fotosuratlari, yashash manzili, yoshi va e’tiqodi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishi mumkin.

21 aprel kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev pedofillarni kimyoviy yo‘l bilan bichishga ruxsat beruvchi qonunni imzolagan edi.

XS
SM
MD
LG