Линклар

Bishkek shahar sudi seshanba kuni Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyatining sobiq rahbari Daniyar Narimbaev va parlament deputati Xajimurat Korkmazovga nisbatan Birinchi May tuman sudi chiqargan hukmni o‘z kuchida qoldirdi.

Birinchi May tuman sudi Narimbaevni uch yilga, Korkmazovni 18 oyga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqargan edi.

Daniyar Narimbaev o‘tgan yil iyulida prezident ma’muriyati rahbari lavozimini egallab turgan paytda qamoqda saqlanayotgan Bishkekning sobiq hokimi Nariman Tuleev qarindoshlaridan yuz ming dollar miqdorida pora so‘raganlikda ayblanib qamoqqa olingan edi.

Bundan avvalroq pardament deputati Korkmazov yuz ming dollar pora olayotgan paytda hibsga olingan. U tergov paytida Narimbaev va Tuleevning qarindoshlari o‘rtasida pora oldi-berdisida o‘rtamchilik rolini bajargani haqida ko‘rsatma bergan.

Bishkekning sobiq hokimi Narimon Tuleev 2013 yilda korrupsiyada ayblanib 10 yilga qamalgan edi. U joriy yil 7 mayida amnistiya akti bilan ozodlikka chiqarilgan.

XS
SM
MD
LG