Линклар

logo-print

Eron Ekspertlar assambleyasi konservator Oyatullh Ahmad Jannatiyni mamlakat oliy ruhoniysini saylash va uning ishini nazorat qilish uchun javob beruvchi mazkur tuzilma raisligiga sayladi.

Assambleyaning 88 a’zosidan 51 nafari raislikka nomzod uch kishi orasidan Jannatiy uchun ovoz berdi. Islohotchi kuchlardan raislik uchun nomzod ko‘rsatilgan emas.

89 yoshli Jannatiy fevral oyida o‘tgan parlament saylovlari arafasida yuzlagan islohotchilarni saylovdan chetlashtirilishiga muvaffaq bo‘lgan Inqilob posbonlari kengashini ham boshqaradi.

Jannatiy prezident Hasan Ruhoniyning ashaddiy tanqidchisi sifatida tanilgan.

XS
SM
MD
LG