Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:52

Rossiyaning Suriyadagi 4 vertolyoti ID hujumi paytida yo‘q qilingani aytilmoqda


AQShning suniy yo‘ldoshlardan olingan ma’lumotlarni o‘rganuvchi Stratfor shirkati ekspertlari Rossiyaning Suriyadagi harbiy bazalaridan biri “Islomiy davlat” guruhi hujumidan jiddiy zarar ko‘rganini bildirmoqda.

Ekspertlarga ko‘ra, 24 may kuni qilingan hujumda Rossiyaning Palmira shahri yaqinidagi T4 aviabazasida Mi-24 rusumidagi 4 vertolet yo‘q qilingan. Ekspertlar sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlarga tayangan holda, jami 20ta transport vositasi yo‘q qilingan bo‘lishi ehtimol, degan tahminni aytmoqdalar.

“Islomiy davlat” guruhi 14 may kuni Rossiya harbiy bazasiga hujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olganini, mazkur hujumda 4 vertolet va 20ta transport vositasi yo‘q qilinganini ma’lum qilgan edi.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa bu ma’lumotni “Islomiy davlat”ning propagandasi sifatida baholab, rus harbiy bazasiga hujum qilingani haqidagi ma’lumotlarni inkor qilgan.

XS
SM
MD
LG