Линклар

AQSh Davlat departamenti senatorlar so‘rovi bilan Hindistonning Eron portlaridan biriga sarmoya yotqizishi xalqaro sanksiyalarga zid kelmaydimi, degan masalani o‘rganmoqda.

“Biz hindistonliklarga Eronga bilan hamkorlik qilish masalalarida cheklovlar davom etayotgani haqida aniq mujda berdik”, dedi AQSh Davlat kotibi yordamchisi Nisha Desan Bisval senatda so‘zlagan nutqida.

Bisval Hindiston va Eron o‘rtasida AQShni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan harbiy hamkorlikka intilish alomatlari kuzatilmaganini alohida ta’kidladi.

24 may kuni Hindiston 23 mayda Eronning Chabaxar portini rivojlantirish uchun 500 million dollar va’da qilgani to‘g‘risida xabarlar tarqatilgan edi.

Yevropa Ittifoqi va AQSh Tehron yadroviy dasturini cheklashga rozi bo‘lgani ortidan joriy yil yanvarida Eronga nisbatan sanksiyalarni bekor qilgan, biroq savdo-sotiq masalasida ayrim cheklovlarni saqlab qolgan edi.

XS
SM
MD
LG