Линклар

Jahon banki yagona kadastr tizimini ishlab chiqish uchun O‘zbekistonga 20 million AQSh dollari ajratdi.

O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastrlash tizimini modernizatsiyalash loyihasini amalga tadbiq etish uchun Xalqaro rivojlanish uyushmasining 20 million dollarlik kreditini ajratish qarori ma’qullandi.

Loyiha maqsadi elektron hukumat tizimi va xizmatlari doirasida ko‘chmas mulk ma’lumotlar bazasidan foydalanishni osonlashtirish va samarasini oshirishdan iboratdir, deya xabar qildi Podrobno.uz nashri.

Xabarda yana aytilishicha, mazkur loyiha O‘zbekiston iqtisodining o‘sishi va joriy asr o‘rtalariga borib jon boshiga daromadning sanoati rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko‘tarilishiga hissa qo‘shadi.

Elektron kadastr tizimi yaratilishi qay tarzda O‘zbekistonni eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shishi aniqlashtirilmagan.

O‘zbekiston sobiq ittifoq respublikalari orasida elektron kadastr tizimi yaratilmagan sanoqli mamlakatlardan biridir.

XS
SM
MD
LG