Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:51

O‘zbekistonlik bolakush enagani hibsda saqlash muddati uzaytirilishi mumkin


Moskvada yosh bolani o‘ldirganlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulovani hibsda saqlash muddatining uzaytirilishi kutilmoqda. Tergovchilar 29 may kuni hibsda saqlash muddati tugaydigan bolakushni qo‘yib yubormaslik to‘g‘risidagi so‘rovnoma bilan sudga murojaat qilish niyatida ekanini bildirdi.

O‘zbekiston fuqarosi Boboqulova shu yilning 29 fevral kuni Moskvaning “Oktyabrskoe pole” metro bekati oldida qo‘lida tanasidan judo qilingan yosh bola boshini ko‘targan holda hibsga olingan edi. Keyinchalik o‘ldirilgan 4 yoshli qizchaga Boboqulovaning o‘zi enagalik qilgani aniqlangan.

Mutaxassislar uning ruhan nosog‘lom ekanini tasdiqlashgan. Tergov davomida Boboqulova qizchani o‘ldirishni unga Rossiyaning Suriyadagi bombardimonlari uchun o‘ch olish maqsadida “Olloh buyurgani” to‘g‘risida aytgan.

XS
SM
MD
LG