Линклар

logo-print

Afg‘onistondagi Tolibon harakati o‘tgan hafta AQSh havo hujumida o‘ldirilgan Mulla Axtar Mansur o‘rniga yangi yetakchi tanlanganini e’lon qildi.

25 may kuni tarqatilgan bayonotda jangari harakat Mansur o‘ldirilganini tasdiqlab, o‘rniga Mulla Xaybatulla Oxunzoda tayinlanganini ma’lum qildi. Oxunzoda harakat sobiq yetakchisining o‘rinbosarlaridan biri va Tolibon adliya vakili bo‘lgan.

Bayonotga ko‘ra, Oxunzoda Tolibon yetakchilarining yig‘inida “bir ovozdan kelishilgan holda” yetakchi qilib tayinlangan. Taxminlarga ko‘ra, jangarilar Pokiston hududida yig‘in o‘tkazgan.

Shuningdek, Tolibon matbuot vakili Zabihulloh Mujohidning ma’lum qilishicha, yangi yetakchining muovinlari ham tayinlangan. Ulardan biri so‘nggi yillarda Kobulda amalga oshirilgan yirik xurujlar uchun mas’ul bo‘lgan Sirojiddin Haqqoni hamda Tolibon harakati sobiq yetakchisi Mulla Muhammad Umarning o‘g‘li Mulla Muhammad Yoqubdir.

Mansur 21 may kuni Pokistonda o‘z mashinasida ketayotgan paytda AQSh pilotsiz uchqichidan otilgan raketa bilan o‘ldirilgan edi.

XS
SM
MD
LG