Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:42

Ozodlik muxbiri Xadicha Ismoilova ozod qilindi


Xadicha Ismoilova
Xadicha Ismoilova

Ozarbayjon Oliy sudi Ozodlik muxbiri Xadicha Ismoilovani ozod qilish to‘g‘risida qaror chiqardi. Ismoilovaning jazo muddati 7,5 yildan 3,5 yilga tushirilib, sud zalidan qo‘yib yuborildi.

Sud bu qarorini 25 may kuni, muxbirning apellyatsiya shikoyatini o‘rganib chiqib, e’lon qildi.

Ismoilova 2014 yilning dekabrida hibsga olingan va 2015 yil sentyabrida soliqdan bo‘yin tovlash va talon-toroj ayblari bilan qamoqqa hukm etilgan edi. G‘arb hukumatlari va xalqaro tashkilotlar uning ozodlikka chiqarishga chaqirib kelayotgan edi.

Ismoilovaga qo‘yilgan ayblovlar uning jurnalistik faoliyati bilan bog‘liq, deya ko‘rilgan. Ozodlik muxbiri Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev oilasining korrupsiyaga aloqadorligini fosh etuvchi surishtiruv reportajlari xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG