Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:40

OzodNazar: Sherali Jo‘raev parijon emas, mardikor haqida kuylasa yaxshi edi!


O‘zbekistonlik shoir, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "Adabiyot jamg‘armasi" sobiq direktori Hamroqul Asqardan Xalq shoiri Erkin Vohidovning sog‘ligi og‘irlashganiyu yo‘qlanmayotgani, Sherali Jo‘raev ijrosidagi "Parijon" qo‘shig‘iga olingan klip hamda ustaxonalaridan quvilayotgan xalq rassomlari vaziyati haqidagi OzodNazarini so‘radik.

O‘zbekistondagi ijodkorlarning bugungi ahvolini ko‘rsatuvchi bu voqealarga bir-bir munosabat bildirgan shoir:

- Ko‘p holatda odamlarning munosabati kishining shaxsiyatiga ham bog‘liq. Har qanday muhitda ham samimiyatini yo‘qotmagan, xaqqa yaqin bo‘lgan shoirlar, ijodkorlar har doim muxlislar va hamkasblar qurshovida bo‘lgan, - dedi va bunga misol o‘laroq buyuk shoirlar Rauf Parfi, Abdulla Oripov, iste’dodli rassom Ro‘zi Chorievlar nomini tilga oldi.

Shu kunlarda O‘zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidovning og‘ir xasta ekani - uchinchi bor insultni boshdan kechirgani haqida xabarlar kelmoqda. Shoirning holidan xabardor manbalarga ko‘ra, xasta holida yotoqda yotgan ulug‘ shoirni yo‘qlaguvchilar oz bo‘lmoqda.

Ayni paytda, Toshkentdagi "Rassomlar uyi"da sobiq sovet zamonidan beri ijod qilib kelayotgan o‘nga yaqin rassom ustaxonalari noqonuniy ravishda olib qo‘yilayotganidan shikoyat qildi.

Sherali Jo‘raevning kuni-kecha tarmoqqa chiqqan "Parijon" qo‘shig‘iga olingan yangi klip esa turli munosabatlarga sabab bo‘lmoqda. Hofizning ovoziga maftun muxlislari uni olqishlamoqda. Ammo, ayrim tanqidchilar sobiq sovet zamoniga xos atributlar aks etgan klipdan so‘ng: "Katta sahnalardan tushirilgan hofiz sovet zamonidagi shuhratga ko‘milgan paytlarini qumsadimi?" degan savolni o‘rtaga tashlamoqdalar.

Quyida bu borada shoir Hamroqul Asqar bilan suhbatni tinglang:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:54 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG