Линклар

Rossiyada sportchilarning o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun dopingdan foydalanishini man etuvchi qonun qabul qilinadi. Bu haqda mamlakat sport vaziri Vitaliy Mutko 24 may kuni bildirdi.

Bir guruh jurnalist oldida chiqish qilgan Mutko “Biz doping hamda kuch-quvvatni oshiruvchi dorilardan foydalanishga urinishni jinoyatga tenglashtiruvchi mazkur qonunni qabul qilishga qaror qildik”, dedi.

24 mart kuni Rossiya matbuotida bergan namunalari qayta tekshirilganda doping izlari topilgan 14 rossiyalik sportchining 10 nafari 2008 yilgi Pekin olimpiadasida medal qo‘lga kiritgani haqida xabar tarqatildi.

Mutkoning aytishicha, 20 may kuni Kreml ushbu qonun loyihasini Rossiya Dumasiga taqdim etish rejasini ma’qullagan.

“TASS” xabar agentligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, mazkur qonunni buzganlar maksimum 3 million rubl jarimaga tortilishi yoki besh yilgacha bo‘lgan muddatga qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

O‘tgan yilning noyabr oyida rus yengil atletikachilari dopingdan muntazam foydalanishi to‘g‘risida isbot-dalil to‘planganidan keyin Rossiya engil atletikachilari xalqaro o‘yinlarda ishtirok etishdan mahrum qilingan edi.

Rossiya Olimpiya qo‘mitasining bildirishicha, 24 mart kuni Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2008 yilgi Pekin olimpiadasi davomida olingan namunalar qayta tekshirilganida rossiyalik 14 atlet dopingdan foydalangani aniqlangani haqida xabar bergan.

Qo‘mita testda kim ijobiy natija ko‘rsatganini ochiqlamagan. Rossiya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, ular orasida 4x100 estafetasi g‘olibi Yuliya Chermoshanskaya, 2008 yil medal qo‘lga kiritgan, 2012 yil balandga sakrash bo‘yicha g‘olib bo‘lgan Anna Chicherovalar bor.

“Match TV” telekanaliga ko‘ra, doping testidan o‘tmagan kumush medali sovrindorlari orasida nayza otuvchi Mariya Abakumova, 4x100 estafetasi ishtirokchilari Anastasiya Kapachinskaya hamda Tatyana Firova, bundan tashqari, og‘ir atletikachi Marina Shainovalar bor.

Dopingda ayblanayotgan bronza medali sovrindorlari orasida esa 3000 metrli stipl-chezda yugurgan Yekaterina Volkova, 4x400 estafetasida ishtirok etgan Denis Alekseev, yengil atletikachi Denis Nijegorodov hamda og‘ir atletikachi Nadejda Yevstyuxinalar bor.

Doping testi natijalari yana bir marta tasdiqlanishi kerak. Shunday bo‘lsa-da, olimpiadada sovrinlarni qo‘lga kiritgan buncha ko‘p sportchining o‘z medallaridan ayrilib qolishi mumkinligi Rossiya atletika federatsiyasini dopingda aybdor topilgan har qanday sportchi Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan olimpiada ishtirok eta olmasligi haqida ogohlantirishga chorladi.

Federatsiya Rossiya dunyo atletika rasmiylarini “2016 yilgi olimpiada o‘yinlarida o‘z atletlari ishtirok etishi uchun qo‘lidagan kelganini qilayotganiga ishontirishni xohlashini” bildirdi.

XS
SM
MD
LG