Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:09

Umida Ahmedova Havel mukofotini oldi


Norvegiya poytaxti Osloda o‘tkazilgan Ozodlik forumi doirasida 25 may kuni Vatslav Havel nomidagi xalqaro mukofotni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mukofotlanganlar orasida o‘zbekistonlik fotojurnalist Umida Ahmedova ham bor.

Ijodiy norozilik ifodasi uchun mukofotlangan Umida Ahmedova 2010 yili suratlari va hujjatli filmlarida "o‘zbek xalqiga tuhmat va uni haqorat qilganlik"da ayblanib, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-bandi va 140-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilgan, keyinroq amnistiya akti bilan ozod qilingan edi.

Mukofotni topshirish marosimida so‘zlagan Umida Ahmedova 6 yil avval ichida paydo bo‘lgan “totalitarizm qarshisidagi qo‘rquv hissi” bilan har kuni kurashib, ijodiy faoliyatini davom ettirayotganini bildirdi.

Vatslav Havel nomidagi xalqaro mukofotga joriy yilda Umida Ahmedovadan tashqari Eron qamoqxonasida vijdon tutquni bo‘lgan Atena Farhadoniy va rossiyalik rassom Petr Pavlenskiy ham loyiq topilgan.

“Diktaturalar yolg‘onini jasorat bilan fosh qiluvchi” kishilarga topshiriladigan mazkur mukofot Human Rights Foundation (Inson huquqlari bo‘yicha jamg‘arma) tomonidan ta’sis etilgan.

XS
SM
MD
LG