Линклар

Belgiya rasmiylari “Islomiy davlat” guruhiga odam yollaganlikda gumonlanmish to‘rt kishi qo‘lga olingani haqida ma’lumot tarqatdi. Ularning yangi terror xurujlari rejalagani ham taxmin qilinmoqda.

Prokuror Erik van der Septga ko‘ra, hibsga olinganlarning hammasi Suriya va Liviyaga jo‘natish uchun yangi jangarilarni yollashda gumonlanayapti.

Ikki oy avval Belgiya poytaxti Bryusselda sodir etilmish uchta portlashda 32 kishi nobud bo‘lgandi. Mas’uliyatni ID zimmasiga olgan bu portlashlar bo‘yicha ikki kishi hibs etilgandi.

XS
SM
MD
LG