Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:10

Qamoqdan qutulgan Xadicha Ismoilova kurashni davom ettirmoqchi


25 may kuni Ozarbayjon qamog‘idan ozod etilgan Ozodlik jurnalisti Xadicha Ismoilova haqiqat uchun kurashishda davom etajagini bildirdi.

Chorshanba kuni Ozarbayjon Oliy sudi Xadicha Ismoilovaning jazo muddatini 7,5 yildan 3,5 yilga tushirib, uni qo‘yib yuborish haqida qaror chiqardi.

Ismoilova 2014 yil dekabrida hibsga olingan, 2015 yil sentyabrida esa soliqdan bo‘yin tovlash va talon-toroj ayblari bilan qamoqqa hukm etilgandi. G‘arb hukumatlari va xalqaro tashkilotlar uning ozodlikka chiqarishga chaqirib kelayotgan edi.

Ismoilovaga qo‘yilgan ayblovlar uning jurnalistik faoliyati bilan bog‘liq, deya ko‘rilgan. Xadicha Ismoilovaning Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev oilasi korruptsiyaga aloqadorligini fosh etuvchi surishtiruv reportajlari xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

Kecha Facebook tarmog‘ida qoldirgan yozuvida Ismoilova: “Qo‘llov uchun hammaga rahmat. Men o‘zimni kuch-quvvatga to‘la his qilayapman. Jurnalist sifatida o‘z ishimni davom ettiraman”, degan.

Ismoilovaning ozod etilishi g‘arb rasmiylari va xalqaro inson huquqlari tashkilotlari tomonidan olqishlandi. Ular Bokuni siyosiy mahbus o‘laroq ko‘rilgan boshqa jurnalistlar va faollarni ham ozod qilishga chaqirdilar.

27 may kuni nohukumat tashkilotlari guruhi Xadicha Ismoilovaning 40 yoshga to‘lishi munosabati bilan unga qo‘llov ko‘rsatish maqsadida 40 ta shaharda mitinglar o‘tkazmoqchi.

XS
SM
MD
LG