Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:29

Umida Ahmedovaga Vatslav Havel mukofoti topshirildi


Умида Аҳмедовага Ослода Вацлав Ҳавел мукофотининг топширилиши
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:08 0:00

Umida Ahmedovaga Vatslav Havel mukofotining topshirilishi, Oslo, 2016 yil 25 mayi.

Norvegiya poytaxti Osloda o‘tkazilgan Ozodlik forumi doirasida 25 may kuni Vatslav Havel nomidagi xalqaro mukofotni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mukofotlanganlar orasida o‘zbekistonlik fotojurnalist Umida Ahmedova ham bor.

Ijodiy norozilik ifodasi uchun mukofotlangan Umida Ahmedova 2010 yili suratlari va hujjatli filmlarida "o‘zbek xalqiga tuhmat va uni haqorat qilganlik"da ayblanib, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-bandi va 140-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilgan, keyinroq amnistiya akti bilan javobgarlikdan ozod qilingan edi.

Mukofotni topshirish marosimida so‘zlagan Umida Ahmedova 6 yil avval ichida paydo bo‘lgan “totalitarizm qarshisidagi qo‘rquv hissi” bilan har kuni kurashib, ijodiy faoliyatini davom ettirayotganini bildirdi:

O‘zbekistondan xorijga chiqishi doim ham muvaffaqiyatli bo‘lavermagan Umida Ahmedova bu gal Osloga kelib, mukofotni o‘z qo‘llari bilan olish imkoniga ega bo‘ldi.

2015 yilning fevralida Rossiyaga ketayotgan Ahmedova Toshkent aeroportidan ortga qaytarilgan. Rasmiylar buni Umida Ahmedova Rossiyaga kirishi taqiqlangan odamlar ro‘yxatida ekani bilan izohlagan.

2014 yilning 27 yanvar kuni Ahmedova, uning o‘g‘li va yana bir necha nafar faol Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi oldida Yevromaydonni qo‘llab-quvvatlab aksiya o‘tkazgani uchun Toshkent sudi tarafidan katta miqdora jarimaga tortilgan edi.

2014 yilda Toshkentda Umida Ahmedovaning fotosuratlarini “Bir makon” fotoko‘rgazmasida namoyish etilishi taqiqlandi.

Vatslav Havel nomidagi xalqaro mukofotga joriy yilda Umida Ahmedovadan tashqari Eron qamoqxonasida vijdon tutquni bo‘lgan Atena Farhadoniy va rossiyalik rassom Petr Pavlenskiy ham loyiq topilgan.

“Diktaturalar yolg‘onini jasorat bilan fosh qiluvchi” kishilarga topshiriladigan mazkur mukofot Human Rights Foundation (Inson huquqlari bo‘yicha jamg‘arma) tomonidan ta’sis etilgan.

Atena Farhadoniy Eron parlamenti deputatlari hayvon boshli odamlar sifatida tasvirlangan karikaturalari uchun 12 yilga qamalgan edi.

Petr Pavlenskiy esa prezident Vladimir Putin rejimiga qarshi norozilik sifatida o‘tkizgan tasviriy namoyishlari bilan tanilgan, jumladan, u KGBning davomchisi bo‘lib kelayotgan FSBning ramziy eshiklariga o‘t qo‘ygan.

Uchchala laureatga kecha mukofotni tamsil etuvchi haykalchalar va 350 ming norveg kroni miqdoridagi pul mukofoti topshirildi.

O‘tgan yillarda Vatslav Havel mukofoti xitoylik rassom Ay Veyvey, rossiyalik Pussy Riot guruhi, shimoliy koreyalik faol Park Sang Xak, saudiya arabistonilik huquq faoli Manal al Sharif hamda birmalik muxolifatchi Aun San Su Chjiga berilgan edi.

Taniqli dramaturg, yozuvchi va dissident Vatslav Havel Yevropa davlatlarida kommunistik tuzimning barham berilishiga omil yaratgan 1989 yili Chexoslovakiyada sodir etilgan bahmal inqilobi liderlaridan biri edi. U 1989 yildan 2003 yilgacha, dastlab Chexoslovakiya, so‘ngra Chexiya Respublikasining prezidenti bo‘lgan. 2003 yildan 2011 yilgacha Human Rights Foundation raisi lavozimida ishlagan.

Umida Ahmedovaga Vatslav Havel mukofoti berilgani e’lon qilinganidan keyin u Ozodlik muxbiriga intervyu bergandi. Uch hafta muqaddam yozib olingan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin:

Умида Аҳмедова: Қўрқоқлар "ҳар эҳтимолга қарши" кўргазмаларимни тақиқлашди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:12 0:00

XS
SM
MD
LG