Линклар

Shveysariya hukumati shu yil iyul oyidan xorijlik diktatorlarning Shveysariya banklarida saqlanayotgan mablag‘larini hibsga olish va kelgan yurtiga qaytarish tartibini osonlashtirishni ko‘zda tutgan yangi qonun joriy etilishi haqida e’lon qildi.

Yangitartib rasmiylarga masalani xalqaro hamkorlik mexanizmlari yordamida hal qilish imkoni bo‘lmagan taqdirda ham o‘g‘irlangan mablag‘larni muzlatish va yurtiga qaytarish imkonini beradi.

Hukumat bu qadam bilan mamlakatning korrupsiyaga chalingan xorijlik liderlar uchun bank jannatiga aylangani haqidagi tasavvurni o‘zgartirishga umid qilmoqda.

Hozirgacha Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich, Tunis sobiq prezidenti Zaynulobiddin Bin Ali va Misr sobiq prezidenti Husni Muborak aktivlariga nisbatan uch topshiriq bajo keltirilgan. Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi vakili Yanukovich bilan bog‘liq 70 million dollar, Misr da’vosi bilan bog‘liq 650 million dollar va Tunis ishi bo‘yicha 61 million dollar mablag‘ muzlatilganini ma’lum qildi.

Shveysariya banklarida O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga qarashli ekaniga ishoniladigan bir necha million dollar mablag‘ ham muzlatib qo‘yilgan.

XS
SM
MD
LG