Линклар

Qozog‘iston Moliya vazirligiga qarashli Davlat kirimlari qo‘mitasiga ko‘ra¸ O‘zbekiston tomoni o‘zaro chegaradagi o‘tkazish punktlarini rasmiy ogohlantiruvsiz yopib qo‘ygan.

O‘zbekiston chegaraning yopilishiga 21 maydan boshlab “Yallama” o‘tkazish punktida transport vositalari va bojxona tekshiruvining to‘xtatilishi oqibatida yuzaga kelgan mashinalar tiqinini sabab qilib keltirgan.

Qozoq tomoni tarqatgan ma’lumotga ko‘ra¸ 21 may kuni Toshkent viloyatidagi “Yallama” punkida 120 ta avtomobil tiqinga tushib qolgan va hozirga qadar ulardan 40 tachasi tiqinda qolmoqda. Bu mashinalardan 30 tasi Qozog‘istonga o‘tish uchun chegara ochilishini kutmoqda¸ deyiladi¸ Qozog‘iston rasmiy bayonotida.

Tiqin paydo bo‘lishiga¸ qozog‘istonliklar ta’kidicha¸ o‘zbek bojxonachilarining chegaradan o‘tayotgan har bir shaxs¸ tovar va avtomobilni nihoyatda uzoq vaqt davomida tekshirishi sabab bo‘lgan.

Ayni paytda¸ 21 maydan boshlab O‘zbekiston tomoni hech qanday rasmiy izoh va ogohlantiruvsiz “Qaziqurt” postini ham bir tomonlama tartibda ëpib qo‘ygan

Norasmiy manbalar¸ O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegaradagi kirib-chiqishni yopishi kelasi oy Toshkentda o‘tkaziladigan ShHT sammiti oldidan xavfsizlik choralarining keskin kuchaytirilishi doirasidagi harakat ekanini ta’kidlamoqda.

XS
SM
MD
LG