Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:20

Gazprom O‘zbekistondan 2016 yilda olinadigan gazi narxini pasaytirdi


Rossiyaning TASS axborot agentligiga ko‘ra¸ Gazprom shirkati 2015 yilgi muzokaralar natijasida O‘zbekiston¸ shuningdek Qozog‘istondan sotib olinayotgan tabiiy gaz narxini tushirishga muvaffaq bo‘lgan.

Ayni paytda¸ o‘zbek gazi narxining qanchadan qanchaga tushirilgani haqidagi ma’lumot ochiqlanmagan.

Gazprom hujjatlarida¸ turkman rasmiylari narx borasidagi so‘zlashuvlarda konstruktiv pozitsiya tutmagani bois¸ Turkmaniston bilan shartnoma to‘xtatilgani ham aytiladi.

Turkmanlar gaz narxi tushirilishiga rozi bo‘lmaganidan so‘ng Gazprom Ashxobod bilan so‘zlashuvlarni to‘xtatib¸ O‘zbekistondan gaz sotib olish hajmini oshirishga erishgan.

O‘zbekiston bilan Rossiya gaz shirkati o‘rtasida erishilgan yangi kelishuvga muvofiq¸ 2016 yilda Gazprom arzon narxda sotib olaëtgan gaz hajmi 3¸1 milliard kub metrdan oshishi mumkin.

O‘zbekiston Rossiya¸ ayni paytda¸ Xitoyga tabiiy gaz sotish hajmini muttasil oshirib borayotgan bir paytda¸ mamlakatning aksar viloyatlari aholisi va sanoat korxonalari gaz yo‘qligidan jiddiy aziyat chekib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG