Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:42

Berdimuhammedov xavfsizligi uchun turkman-qozoq chegarasi yopib qo‘yildi


Turkmaniston prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedovning o‘zaro chegara hududlariga safar qilishi munosabati bilan 29 mayga qadar Turkmaniston hududiga Qozog‘iston tomondan fuqarolarning kirishi to‘xtatildi.

Mang‘istau oblasti rasmiylariga ko‘ra¸ Turkmanistonga kirishning taqiqlanishi chegarabo‘yi hududlarida yashovchilarga berilgan vizasiz o‘tib-qaytish tartibiga ham taalluqlidir.

Ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra¸ Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida doimiy yashovchilar Turkmanistonning Balqan viloyatiga vizasiz o‘tishlari va u yerda besh kunga qadar yurishlari mumkin.

Turkmaniston prezidentining chegara hududlariga qiladigan safarlari davomida o‘zaro chegaralarning xavfsizlikni ta’minlash iddaosi bilan yopib qo‘yilishi bundan oldin ham kuzatilgan.

XS
SM
MD
LG