Линклар

Yaponiyada o‘tayotgan sanoati taraqqiy qilgan yettilik sammitida qatnashayotgan AQSh prezidenti Barak Obama Tolibon yangi rahbarining Afg‘oniston hukumati bilan yaqin orada tinchlik muzokaralariga o‘tirishini kutishga deyarli asos yo‘qligini bildirdi.

Obamaning bu bayonoti Mulla Haybatulloh Oxunzoda Tolibon harakatining yangi rahbari deb e’lon qilingani ertasiga yangradi. Oxunzodaning¸ o‘tgan hafta AQSh dron hujumlari davomida o‘ldirilgan Mulla Axtar Mansur o‘rnini egallagani aytilmoqda.

-Men bir kun kelib Tolibon butun mamlakatni qo‘lga olishga qurbi yetmasligi va hukumat bilan murosaviy muzokaralarga kirishish zaruratini anglashini kutmasam-da¸ shunga umid qilaman¸ dedi Yaponiyada qilgan bayonotida Obama.

Ayni paytda Oq uy rahbari¸ bu hodisaning yaqin orada yuz berishiga ishonmasligini ham qo‘shib o‘tdi.

XS
SM
MD
LG