Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:25

Qirg‘iziston parlamenti nikoh to‘g‘risidagi qonunni qabul qilmadi


Qirg‘iziston parlamenti davlat idoralari tomonidan rasmiy guvohnoma berilmaguniga qadar nikoh o‘qilishini taqiqlovchi qonun loyihasini qabul qilmadi.

26 may kuni deputatlarning ko‘pchiligi mazkur qonun qabul qilinishiga qarshi ovoz berdi.

Oila va Jinoyat qodeksiga kiritilishi nazarda tutilgan o‘zgartishlarda turmush qurayotganlar rasman davlat ro‘yxatidan o‘tmagunlariga qadar mullalarga nikoh o‘qishni taqiqlash, agar mullalar bu shartga rioya qilmasa jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilab berilgan edi.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, Qirg‘izistonda qizlarning 15 foizi 18 yoshga to‘lmasdan, bir foizi esa 15 yoshga to‘lmasdan avval turmushga beriladi. Qonun loyihasi mazkur holatga barham berish maqsadida ishlab chiqilgani aytilayotgan edi.

XS
SM
MD
LG