Линклар

Milliarder Donald Tramp o‘z nomzodini prezidentlikka ko‘rsatish uchun AQSh Respublikachilar partiyasi bo‘lajak qurultoyi delegatlarining yetarlicha ovoziga ega bo‘ldi.

Associated Press agentligining payshanba kuni ma’lum qilishicha, partiya qurultoyning avval hech kimni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan delegatlari guruhi Tramp nomzodini qo‘llashi haqida qaror qabul qilgan.

Shunday qilib, Tramp o‘z nomzodini prezidentlikka ko‘rsatish uchun delegatlarning 1237 ovoziga ega bo‘ladi.

Donald Tramp Respublikachilar partiyasi tomonidan prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilishi mumkinligi may oyida aniq bo‘lib qolgan edi.

So‘nggi ijtimoiy so‘rovlarga qaraganda, Trampning saylovchilar o‘rtasidagi obro‘si ortib bormoqda va uning reytinggi prezidentlikka nomzod demokrat Xillari Klinton reytinggi bilan deyarli tenglashib qolgan.

Respublikachilar partiyasi quriltoyi Klivlendda iyul oyi oxirlarida o‘tkaziladi. AQSh prezidentligiga saylov esa joriy yilning 8 noyabrida bo‘lib o‘tadi.

XS
SM
MD
LG