Линклар

O‘zbekistonda paxta maydonlari qisqartirilganiga qaramay paxta topshirish rejasi o‘zgarmasdan qolaveradi.

Podrobno.uz nashrining “O‘zpaxtasanoateksport” xoldingiga tayanib 26 may kuni xabar berishicha, joriy yilda paxtadan 3 million 300 ming tonna hosil olish rejalashtirilgan.

Xolding rasmiysining bildirishicha, paxtazorlar hajmining qisqartirilishi bu rejaning bajarilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi, Rasmiyga ko‘ra, yangi selektsion paxta navlarining ekilishi ortidan hosildorlik yuqori darajada bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent rasmiylari may oyi boshlarida O‘zbekistonda 30 yarim ming gektar sug‘oriladigan yer paxtadan bo‘shatilib, u yerda meva va sabzavot yetishtirish rejalanayotganini ma’lum qilgan edi.

O‘zbekiston prezidenti joriy yil yanvarida 2020 yilgacha paxta rejasi bosiqchma-bosqich bugungi 3 million 350 ming tonnadan 3 million tonnaga tushirilishini bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG