Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:01

Chirchiqda kadastr idorasi rahbari va 11 notarius qamoqqa olingani aytilmoqda


Toshkent viloyatining Chirchiq tumanida may oyi o‘rtalarida Aziz ismli shahar kadastr xizmati rahbari va u bilan hamkorlik qilgan 11 notarius uy oldi-sotdisini rasmiylashtirish jarayonida tovlamachilik qilganlikda ayblanib qamoqqa olindi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarda aytilishicha, mazkur guruh uylarni rasmiylashtirishda soxta hujjatlardan foydalangan. Guruhga nisbatan tergovni Toshkent shahar prokuraturasi olib bormoqda.

Hozircha tergov manfaatlaridan kelib chiqib, jabrlanganlar soni haqida ma’lumot berilmayapti. Ayrim xabarlarga qaraganda, guruh a’zolari Chirchiqda uzoq vaqtdan beri yashamay qo‘ygan odamlarning uylariga berilgan hujjatlarni ham soxtalashtirgan.

XS
SM
MD
LG