Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:59

Yevropa Kengashi raisi Rossiyaga nisbatan sanksiyalar muddati uzaytirilishini aytdi


Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk Yevropa Ittifoqi yaqin ikki-uch hafta ichida “ortiqcha diskussiyalarsiz” Rossiyaga nisbatan sanksiyalar muddatini uzaytirishiga “ishonchi komil” ekanini bildirdi.

“Men aniq qilib aytmoqchimanki,bizning Rossiyaga nisbatan munosabatimiz, jumladan, iqtisodiy sanksiyalar Minsk kelishuvi to‘liq bajarilmaguniga qadar o‘zgarmasdan qolaveradi”, dedi Tusk 26 may kuni Yaponida o‘tadigan G7 sammiti arafasida.

Minskda 2015 yil fevralida imzolangan kelishuv Ukraina hukumat kuchlari va Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan ayrimachilar o‘rtasidagi jangovar harakatlar to‘xtatilishini nazarda tutadi. Minsk kelishimiga qaramay, Ukraina sharqida to‘qnashuvlar hamon davom etib kelmoqda.

Ukrainada 2014 yilda boshlangan urush oqibatida shu kungacha 9300 odam halok bo‘lgan.

Rossiya Qrimni annektsiya qilishi oritdan joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalar muddati shu yilning iyul oyida yakunlanishi kerak edi.

XS
SM
MD
LG