Линклар

logo-print

Ozarbayjonda Ismoilova ozod qilindi. Boshqa siyosiy mahbuslar-chi?


Ozarbayjondagi siyosiy mahbuslar orasida REAL muxolifat harakati Ilgar Mamedov ham bor. Yevropa inson huquqlari sudi Mamedovga qo‘yilgan ayblov siyosiy motivga egaligi haqida qaror chiqargani qaramay, u hamon qamoqda qolmoqda.

Ozarbayjondagi siyosiy mahbuslar orasida REAL muxolifat harakati Ilgar Mamedov ham bor. Yevropa inson huquqlari sudi Mamedovga qo‘yilgan ayblov siyosiy motivga egaligi haqida qaror chiqargani qaramay, u hamon qamoqda qolmoqda.

Ozarbayjonda Ozodlik muxbiri Xadicha Ismoilovaning ozod qilingani g‘arb rasmiylari hamda inson huquqlari tashkilotlari olqishiga sazovor bo‘ldi. Ayni paytda bu hodisa siyosiy mahbus o‘laroq ko‘riladigan ko‘plab faol va jurnalistning taqdiriga odamlar e’tiborini qaratdi.

Yevropa parlamenti rahbari Martin Shultsning matbuot kotibi Ozodlik radiosi bilan suhbatda “Bu ijobiy o‘zgarish bo‘lib, uni boshqa kishilarga nisbatan ham qo‘llash mumkin”, dedi.

O‘nlab jurnalist, muxolifatchi hamda mamlakat prezidenti Ilhom Alievni tanqid qilganlar ko‘pchilik siyosiy deb biladigan sabablarga ko‘ra qamalgan.

Keyingi uch yil ichida Ozarbayjonda huquq faollari hamda jurnalistlar keskin tazyiqlarga uchrab keladi.

Hozirda Ozarbayjon qamoqxonalarida jurnalistik faoliyati bilan bog‘liq ayblovlar ortidan qamalgan kamida besh nafar jurnalist bor.

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining matbuot erkinligi masalalari bo‘yicha mutasaddisi Dunya Miyatovich 25 may kuni Bokuni “qamoqda qolayotgan barcha matbuot vakillarini hamda bloggerlarni, jumladan, Seymur Hazi, Nijat Aliev, Abdul Abilov, Rashad Ramazanov hamda Araz Gulievlarni ozodlikka chiqarish”ga chaqirdi.

Ozarbayjonda bir necha siyosiy faol, jumladan, muxolif partiyalar a’zolari hamda yoshlar harakatlari vakillari qamoqda qolmoqda.

Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar bo‘yicha mutasaddisi Federika Mogerini Ismoilovaning ozod etilgani “Ozarbayjon o‘z xalqaro majburiyatlariga amal qilish yo‘lida tashlagan navbatdagi qadam” ekanligini aytib, Bokuni “Ozarbayjonda siyosiy sabablarga ko‘ra qamalgan yoki harakati cheklangan barcha shaxslarni ozod qilish”ga chaqirdi.

Ozarbayjon rasmiylari esa mamlakatda siyosiy mahbuslari yo‘q ekanligini ta’kidlab keladi.

Xadicha Ismoilova Ozarbayjonda Respublika kuni nishonlanishidan atigi uch kun oldin ozodlikka chiqarildi. Bayram munosabati bilan mamlakat birinchi xonimi tashabbusiga ko‘ra mayda qonunbuzarlikda ayblanib qamalgan 3,5 mingga yaqin mahbusning afv etilishi kutilmoqda.

Mazkur mahbuslarning aksari va ularni qo‘llovchilar ularga qo‘yilgan ayblovlar uydirma ekanini aytib kelishadi.

XS
SM
MD
LG