Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:57

Markaziy bank 50 ming so‘mlik chiqarilgani haqidagi xabarni rad etdi


10 ming va 50 ming so‘mlik chiqarilgani haqida xabar yashin tezligida tarqaldi. Farg‘onalik ayol “oshiqi beqaror” jazmani tomonidan o‘ldirildi. O‘zbekistonda qariyb 177,5 ming kishi “sudlangan” degan tamg‘adan qutulib qoldi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida yozdi.

Markaziy bank 10 ming va 50 ming so‘mlik chiqarilgani haqidagi xabarni rad etdi

Internetda yangi 10 ming va 50 ming so‘mlik kupyura chiqarilgani haqidagi xabar yashin tezligida tarqaldi (“Darakchi”, 26 may). Yangilik isboti sifatida ijtimoiy tarmoqlarda yangi kupyura deb da’vo qilingan pullarning suratlari ham ilova qilingan. Masalan, 10 ming so‘mlik kupyuraning bir tomonida Shahrisabzdagi Oqsaroy maydoni va “Amir Temur tavalludining 680 yilligi” degan yozuv, ikkinchi tomonida esa O‘zbekiston gerbi aks etgan. Markaziy bank matbuoti xizmati mazkur ovozalarni rad etib, ayni paytda hech qanday kupyura joriy etilmayotganini ma’lum qilgan.

Farg‘onalik ayol “oshiqi beqaror” jazmani tomonidan o‘ldirildi

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida ikki farzandning onasi bo‘lgan ayolni o‘ldirgan qotil 19 yilga ozodlikdan mahrum etildi (“Huquq”, 26 may). Qotillik 2015 yilning 8 avgustida ro‘y bergan. Qo‘qonlik ayol uyali aloqa vositasi orqali Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi, muqaddam bosqinchilik uchun 2 bora sudlangan yigit bilan tanishib qoladi. Shu tariqa ismi oshkor etilmagan ayol Qo‘qon-Toshkent yo‘nalishida qatnaydigan haydovchi eriga xiyonat qilib, zangiotalik yigit bilan uchrashib yuradi. Bu orada “oshiqi beqaror rolini maromiga yetkazib o‘ynagan” jazmaniga eridan yashirib, 300 dollar va 400 ming so‘m qarz beradi. Jazman yigit esa qarzlardan birato‘la qutulish uchun Dang‘ara tumanidagi uchrashuvlardan birida ayolni bo‘g‘ib o‘ldiradi va uning jasadini chuqurga ko‘madi.

O‘zbekistonda qariyb 177,5 ming kishi “sudlangan” degan tamg‘adan qutulib qoldi

O‘zbekistonda yarashuv instituti joriy etilganidan keyin 177 ming 492 nafar fuqaro “sudlangan” degan tamg‘adan qutulib qoldi (“Oila davrasida”, 26 may). Bu haqda Oliy sud huzuridagi Tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Rahimqul Toshboev ma’lum qiladi. Ayni paytda O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 44-moddasida ko‘zda tutilgan 60 jinoyat bo‘yicha yarashuv instituti qo‘llanmoqda. Yarashuv institutining talabiga muvofiq, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxs aybiga iqror bo‘lib, jabrlanuvchi bilan yarashib, yetkazilgan zararni to‘liq qoplab bersa, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

XS
SM
MD
LG