Линклар

O‘zbekiston oliygohlari 2016-2017 o‘quv yilida bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha 57907 nafar talaba qabul qilinadi. Bu raqam keyingi bir necha yil davomida o‘zgarmasdan kelayapti.

Prezident qaroriga ko‘ra, bakalavriatga davlat grantlari bo‘yicha 19120 va to‘lov-kontrakt asosida 38787 nafar talaba qabul qilinadi.

Bu yil magistratura uchun ajratilgan o‘rinlar soni ham o‘zgarishsiz qoldi. Magistraturaga qabul qilinajak 5000 talabaning 1548 nafari davlat granti, 3452 nafari esa shartnoma asosida o‘qishga olinadi.

Prezident qarorida aytilishicha, bu yildan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialiga o‘qishga qabul qilish to‘xtatilgan.

Bu yil ham 20 iyundan O‘zbekistondagi oliygohlari abiturientlardan hujjat qabul qila boshlab, test sinovlari 1 avgust kuni o‘tkazilishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG