Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:59

O‘zbekiston bu yil 500 million kVt/soat elektrni tejamoqchi


Joriy yilda O‘zbekiston 500 million kilovatt/soat elektr energiyani va 150 million kub metr tabiiy gazni tejashni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Gazeta.uz sayti O‘zbekiston Moliya vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar qildi.

Ayni paytda 2015-­2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-­tadbirlari dasturi amalga oshirilmoqda.

Buning uchun Jahon banki O‘zbekistonga 100 million AQSh dollari ajratgan.

“Sanoat korxonalari energosamaradorligini oshirish” deya nomlangan ushbu loyiha doirasida har yili 540 million kVts elektr energiyasi va 252 million kub metrgacha tabiiy gazni iqtisod qilish mumkin.

O‘zbekiston keyingi yillarda energetika sohasida bo‘hronga yuz tutayapti. Mamlakatning chekka qishloqlariga yillardan buyon cheklangan miqdorda elektr berilayapti. Ayrim joylarda kuniga atigi 3-4 soatgina elektr beriladi.

XS
SM
MD
LG