Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:42

Obama Xirosimaga borgan ilk Amerika prezidenti bo‘ldi


Juma kuni AQSh Prezidenti Barak Obama Yaponiyaning Xirosima shahriga bordi. Obama Xirosimaga atom bombasi tashlanganidan buyon ushbu shaharga borgan ilk Amerika prezidenti bo‘ldi.

Obamaning Xirosimaga safari davomida unga Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe hamrohlik qildi. Ular yadroviy hujum qurbonlari yodgorligiga gulchambar qo‘yishdi.

AQSh rahbari bu kabi halokatning qaytarilmasligi uchun butun dunyo mas’ul ekanini ta’kidlab, yadroviy qurollardan holi tinchlikka intilish lozimligi haqida gapirdi.

Obama Xirosimaga tashrifini Ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlaganini ham aytdi.

Ayni paytda Abe Obamaning tashrifi Amerika va Yaponiya munosabatlaridagi yangi sahifalarni ochishi haqida gapirdi.

1945 yilning 6 avgust kuni Xirosimaga tashlangan atom bomba oqibatida 140 ming odam halok bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG