Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:08

G7 iqtisodiy rivojlanish va ekstremizmga kurashishga e’tibor qaratmoqchi


Yaponiyada muzokara olib borayotgan G7 guruhiga kiruvchi davlatlar global iqtisodni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishmoqchi.

Guruh 27 may kuni e’lon qilingan yakuniy bildiruvda AQSh, Kanada, Britaniya, Italiya, Germaniya, Fransiya hamda Yaponiya liderlari global rivojlanishga tahdid solayotgan omillar, jumladan, terrorizm xalqaro tinchlikka solayotgan tahdidlarga qarshi birkalikda kurashishga kelishib olishdi.

Bildiruvda yana Britaniya keyingi oyga belgilangan referendumda Yevropa Ittifoqini tark etishga qaror qilsa, bu “global rivojlanishga jiddiy tahdid solishi” aytiladi.

Guruh Yevropadagi muhojir bo‘hronini global miqyosda hal qilinishi kerak global muammo o‘laroq ta’rifladi.

Sammit qatnashuvchilari ekstremizm bilan kurashish yo‘l xaritasini e’lon qildi. Unda chegaralardagi hamda aviatsiya xavfsizligini mustahkamlash va ekstremizmning moliyalashtirilishini cheklash uchun kurashishga alohida e’tibor berilgan.

G7 davlatlari yana Afg‘oniston hukumatiga terrorizmga qarshi kurashish hamda islohotlarni amalga oshirishda yordam berishni va’da qilishdi.

Ukraina bo‘hroni, Obamaning Xirosimaga tashrifi

G7 liderlari yana Urkaina bo‘hronini muhokama qilib, unda ishtirok etgayotan taraflarni Minsk kelishuvida ortidan o‘rnatilgan otashkesimga amal qilish uchun “muayyan chora” ko‘rishga chaqirdi.

Bildiruvda “Qrim yarimorolining Rossiya tomonidan noqonuniy ravishda anneksiya qilib olinganini qoralaymiz va buni tan olmaslik va unda ishtirok etganlarga qarshi sanktsiya joriy qilish siyosatimizdan voz kechmaymiz”, deyiladi.

Bildiruvda Rossiya o‘z majburiyatlarini bajarmasa, G7 liderlari unga qarshi yanada ko‘proq chora ko‘rishga tayyor ekanligi aytiladi.

Minskda 2015 yil fevralida imzolangan kelishuv Ukraina hukumat kuchlari va Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan ayrimachilar o‘rtasidagi jangovar harakatlar to‘xtatilishini nazarda tutadi. Minsk kelishimiga qaramay, Ukraina sharqida to‘qnashuvlar hamon davom etib kelmoqda.

Ukrainada 2014 yilda boshlangan urush oqibatida shu kungacha 9300 odam halok bo‘lgan.

Muzokaralar o‘z yakuniga etganidan keyin Obama Xirocima shahriga yo‘l oldi. Obamadan avval hech bir amaldagi prezident ilk yadroviy qurol portlatilgan ushbu shaharga bormagan edi.

Obama Xirocimada halok bo‘lganlar xotirasiga yoqilgan mangu olov oldiga gulchambar qo‘ydi.

Prezident o‘z tashrifidan maqsad Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarni eslash ekanligini aytgan. Lekin u portlash uchun kechirim so‘rashdan bosh tortib keladi.

XS
SM
MD
LG