Линклар

Qirg‘iziston janubidagi Qadamjoy tumanida surunkali yomg‘irlar ortidan ro‘y bergan ko‘chkilar 5 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.

Bu haqda RIA "Novosti" agentligi Qirg‘iziston Favqulodda Vaziyatlar Vazirligiga tayanib xabar berdi.

O‘sh — Aydarken avtomagistral yo‘lida sel mashinani qoplagan, undagi 5 kishi hayotdan ko‘z yumgan. 6 yashar bola qutqarilgan.

Qirg‘iziston rasmiylariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida bir nechta uy ko‘chki ostida qolgan.

XS
SM
MD
LG