Линклар

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoni ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoning ozod etilgani bilan qutladi.

Oq uy rasmiylarining bildirishicha, Jo Bayden kecha Ukraina prezidenti bilan telefon muloqoti o‘tkazgan.

Janob Bayden muloqoti chog‘ida Rossiyada noqonuniy qo‘lga olinib, qamoqqa tashlangan barcha ukrainaliklarni ozod etishga chaqirgan.

Shuningdek, AQSh vitse-prezidenti qrim tatarlarining Rossiya kuch ishlatar tizimlari tarafidan ta’qib etilayotganini qoraladi.

Rossiya qamog‘ida ikki yildan ortiq o‘tirgan ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenko shu hafta boshida ozod etilgandi.

XS
SM
MD
LG