Линклар

Valeriy Balayanning "Xuizmisterputin" filmi Ukrainada 2015 yilning eng yaxshi hujjatli filmi deb e’lon qilindi.

Bu haqda Ukraina kinochilar uyushmasi shanba kuni ma’lum qildi.

"Xuizmisterputin" filmi Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putin va u bilan birga mamlakat kuch ishlatar tizimlari xodimlari hamda jinoiy guruh vakillari bilan aloqador ko‘rilayotgan bir to‘da shaxaslarning hokimiyatga kelishi haqidadir.

​Valeriy Balayan – 60dan ortiq hujjatli film muallifi, bular sirasida "Lev Kopelev", "Viktor Nekrasov", "Vladimir Voynovich", "Lyubite menya, pojaluysta", "Gibel imperii", "Kamni, zakrivayushchie vxod" nomli filmlari tanilgan. U Rossiya va xalqaro miqyosdagi kinofetivallar mukofotlari sovrindoridir.

XS
SM
MD
LG