Линклар

logo-print

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko o‘z mamlakati milliy xavfsizligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga xavf tug‘dirayotgan Rossiyaning ayrim ommaviy axborot vositalari rahbarlariga qarshi sanksiya qo‘llash haqidagi qarorni imzoladi.

Sanksiya ro‘yxatiga Rossiyaning “Birinchi kanali” rahbari Konstantin Ernst, Novorus.info sayti bosh muharriri Andrey Surkov, “Pravda.Ru” xoldingi egasi Vadim Gorshenin, “TASS” bosh direktori Sergey Mixaylov, “LifeNews” kanali sobiq rahbari Ashot Gabrelyanov, “Russia Today” bosh muharriri Margarita Simonyanlar kirgan.

Hammasi bo‘lib “qora ro‘yxat”da 17 shaxsning ismi bor. Ularning Ukrainaga kiritilishi taqiqlanadi.

XS
SM
MD
LG