Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:56

Qirg‘izistonda Azimjon Asqarovni uyini musodara etishmoqchi


Qirg‘izistonda O‘sh voqealari yuzasidan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan huquq himoyachisi va jurnalist Azimjon Asqarov uyini musodara qilish harakati boshlangan. Asqarovning turmush o‘rtog‘i Hadicha opaning aytishicha, 25 may kuni uning uyiga militsiya hodimlari, sud ijrochilari va Qirg‘iziston Davlat mulk fondi xodimlaridan iborat jami 20 nafar odam kelgan va uning uyi davlat hisobiga o‘tishi kerakligini aytib, uyni suratga olib ketishgan. Ayni paytda “Bir Dunyo Qirg‘iziston” huquqni himoya qilish tashkiloti 27 may kuni Asqarov oilasini himoya qilishni so‘rab Qirg‘iziston bosh prokuroturasiga murojat qilgan.

Azimjon Asqarov turmush o‘rtog‘i Hadicha Asqarovaning Ozodlikka bergan suhbatida aytishicha, 25 may kuni kechga yaqin uning Jalolobod viloyati Bozorqo‘rg‘on qishlog‘i Xovuzbo‘yi ko‘chasida joylashgan uyiga yigirmaga yaqin odam: militsiya xodimlari, sud ijrochilari va Qirg‘iziston Davlat mulk fondi hodimlari kelgan. Ular uyni davlat hisobiga mudodara qilish uchun kelganlarini aytib, uydagi bor narsalarni yozib, suratga olib ketishgan.

Advokatlarga ko‘ra, Hadicha Asqarova yashayotgan uy Azimjon Asqarovga onasidan meros bo‘lib qolgan va Asqarovlar oilasining yagona boshpanasi bo‘lib hisoblanadi.
Advokatlarga ko‘ra, Hadicha Asqarova yashayotgan uy Azimjon Asqarovga onasidan meros bo‘lib qolgan va Asqarovlar oilasining yagona boshpanasi bo‘lib hisoblanadi.

- Men BMT qarori chiqqanidan so‘ng, uyidagi narsalari olib ketilgani rostmi-yolg‘onmi, o‘zi qanday axvolda ekan, “bu arz qilayapti gaplari rostmi-yolg‘onmi”, deb davlat tomonidan tekshirgani kelgan odamlar bo‘lsa kerak deb o‘ylagandim ularni. “Biz davlat mulk fondidan”, keldik deb xonalarga kirib hammasini suratga olishdi, - deydi Hadicha Asqarova.

Unga ko‘ra, tekshiruvchilar ketayotganida unga Asqarov yuzasidan chiqqan hukmga binoan uyi davlatga o‘tishini aytib ketishgan.

Voqea ertasi kuni Bozorqo‘rg‘onga “Bir Dunyo Qirg‘iziston” tashkiloti advokati Valeryan Vaxitov borgan. U sud ijroya xizmati ijrochisi Z.Saparbaev bilan uchrashgan. Saparbaev unga Hadicha Asqarova yashayotgan uyni davlat hisobiga o‘tkazish buyrug‘i bilan Qirg‘iziston Davlat mulk fondi xodimlari kelganini aytgan.

So‘ngra advokat o‘zlarini Aysulu O‘ro‘zbekova va Janat Amanakunova deb tanishtirgan Fond hodimlari bilan ham uchrashgan va sud qarorini ko‘rmoqchi ekanini bildirgan. Ular esa buyruq Jalolobodda, Fond raisida qolganini ro‘kach qilib buyruqni ko‘rsatmagan.

Vaxitov Jalolobodga borgan va u yerda Davlat mulk Fondi raisi G.Abdikerimova bilan telefon orqali suhbatlashgan. U ham o‘zida hech qanday buyruq yo‘qligini va buning uchun Bishkekdagi Davlat mulk Fondi Bosh idorasiga murojat qilish kerakligini bildirgan.

Bo‘layotgan voqealar yuzasidan “Bir Dunyo Qirg‘iziston” tashkiloti sud ijrochilari va boshqa shaxslarning Hadicha Asqarova yashayotgan uyni musodara qilish harakatlari qo‘pol qonun buzarlikdir deb hisoblaydi.

Tashkilot rahbari To‘leyqan Ismailovaning Ozodlikka bergan suhbatida aytishicha, ular bu borada kecha Qirg‘iziston Bosh prokuroturasiga ham murojat qilgan.

- Biz kecha Bosh prokuroturaga maktub yubordik. Unda Qirg‘izistonda qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik va qonun oldida barcha barobarligi aytilgan. Va biz nazorat organi Hadicha Asqarova uyiga noqonuniy tarzda kirgan barcha odamlarga nisbatan chora ko‘rishi kerak deb hisoblaymiz. Bu ishlar birinchi bor bo‘lishi emas. Bu masala hozir nazorat ostiga olingan va biz mazkur masalani BMTning inson huquqlari bo‘yicha maxsus maruzachisiga etkazamiz, - dedi To‘leyqan Ismailova.

Advokatlarga ko‘ra, Hadicha Asqarova yashayotgan uy Azimjon Asqarovga onasidan meros bo‘lib qolgan va Asqarovlar oilasining yagona boshpanasi bo‘lib hisoblanadi.

Qirg‘iziston Jinoiy kodeksining sud qarori bilan musodara qilinishi mumkin bo‘lmagan mulklar ro‘yhatida uy ham bor.

Aytish joizki, 2010-yilning 15 sentyabr kuni mol-mulkini musodara qilish bilan umrbod qamoq zajosiga hukm qilingan Asqarov mulkini musodara qilish harakati BMTning inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi Qirg‘izistonni Asqarovni ozod qilish va unga nisbatan sud qarorini bekor qilishga chaqirgan paytga to‘g‘ri keldi.

Qirg‘iziston Oliy sudi va Bosh prokuroturasi esa, huquq faoli ishini qayta ko‘rib chiqishga tayyor ekanini bildirgan.

Hadicha Asqarova esa, turmush o‘rtog‘ining ozod qilinishiga va oqlanishiga umid qilib yashayotganini aytadi:

- 40 yil birga turmush qurgan turmush o‘rtog‘imni tashlab qaerga ketaman. Men bir yilda 6-7 marta uni ko‘rib kelaman. Men Hudo xohlasa haqiqat yuzaga chiqadi degan umidda yashayapman. Turmush o‘rtog‘im o‘sha yerdan ozod etiladi deb, BMT qaroriga ishonib, u yerdan bo‘shab chiqadi va shu uyda birga yashaymiz deb umid qilayapman, -deydi Hadicha Asqarova.

XS
SM
MD
LG