Линклар

Eronda politsiya "axloqsiz" musiqiy videolarni ishlab chiqarishda ayblab, 8 kishini hibsga oldi.

Hukumat nazorat qiluvchi axborot agentligi - "Mezon Onlayn"ning Tehron prokurori general Abbos Davlatobodiyga iqtibosan 28 mayda xabar qilishicha, 8 kishi o‘tgan hafta Tehronda hibsga olingan.

Ammo ularning ismi oshkor etilmayotir.

Abbos Davlatobodiyning aytishicha, videolar "mashhur aksil-inqilobiy televizion kanalda namoyish etilgan".

Erondan tashqarida fors tilida o‘nlab sun’iy yo‘ldosh televizion kanallar faoliyat yuritadi.

Davlatobodiyga ko‘ra, mazkur ishni matbuot va madaniyat bo‘yicha maxsus mahkama ko‘rib chiqadi va sakkiz nafarga qarshi rasmiy ayblov qo‘yish masalasida qaror oladi.

Video tafsiloti oshkor etilmayotir.

Ammo Eronda ayol kishining boshiq ochiq holda yoki erkak kishi bilan videoga tushishi "axloqsiz"lik hisoblanadi.

Bir necha kun muqaddam Eron shimolida bitiruv kechasini qutlagan o‘ttizdan ziyod talaba shariat qonuni buzganlikda aybdor deb topilgan va ularning har biriga 99 darra urilgan edi.

XS
SM
MD
LG