Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:36

Iroq maxsus kuchlari Falluja shahri atrofiga joylashtirildi


28 may kuni Iroq aksil-terror kuchlari "Islomiy davlat" jangchilari nazorat qilayotgan Falluja shahri atrofiga joylashtirildi.

Iroq aksil-terror kuchlari mamlakatdagi eng yaxshi tayyorgarlikdan o‘tgan va janglarda chiniqqan bo‘linma hisoblanadi.

Ammo 2014 yilda "Islomiy davlat" jangarilari nazoratiga o‘tgan Fallujani qayta qo‘lga kiritish amaliyoti qachon boshlanishi ma’lum emas.

Poytaxt Bag‘doddan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan bu shaharni qayta ishg‘ol etishda Iroq armiyasiga Eron dastaklagan shia jangchilari yordam bermoqda.

Falluja Iroqda "Islomiy davlat" nazorat qilayotgan ikki yirik shahardan biridir.

AQSh harbiylari so‘zlariga ko‘ra, shaharda hozir ham 50 ming oddiy fuqaro yashaydi.

XS
SM
MD
LG