Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:26

Pokiston kontratseptiv mahsulotlar reklamasini taqiqlab qo‘ydi


Pokiston barcha kontratseptivlar, jumladan tug‘ilishni nazorat qilish va oila rejalashtirishga mo‘ljallangan mahsulotlar reklamasini taqiqlab qo‘ydi.

Pokiston Elektron Media Nazorati Agentligi 28 may kuni chiqargan bayonotiga ko‘ra, agentlikka kontratseptiv mahsulotlar reklamasi “ma’sum bolalar”ning qiziqishini kuchaytirayotgani haqida jamoatchilikdan shikoyatlar tushgan.

"Jamoatchilik bunday mahsulotlar haqida ma’sum bolalar o‘ngida ochiqcha gapirilayotganidan qattiq xavotirlanmoqda," deyiladi bayonotda.

Taqiqqa rioya qilmagan televizion kanallar va radio stantsiyalar "Pokiston Elektron Media Nazorati Agentligi tartibiga muvofiq, jazoga tortiladi,” deya ta’kidlanadi bayonotda.

Kontatseptiv mahsulotlar reklamasiga taqiq hukumat tug‘ilishni nazorat qilishga urinayotgan bir paytda kuchga kirmoqda.

XS
SM
MD
LG