Линклар

logo-print

Eronliklar bu yilgi Haj ziyoratiga bormaydi.29 may kuni Eron Madaniyat vaziri Ali Jannatiy bunday qarorning olinishiga Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘yilgan “to‘sqinliklar” sabab bo‘lganini aytdi.

Eron Haj Tashkilotining aytishicha, “Saudiya Arabistoni eronliklarning Hajga borish huquqiga to‘sqinlik qilmoqda”.

Saudiya rasmiylariga ko‘ra, Haj bo‘yicha yakuniy kelishuv imzolanmasdan turib Eron hukumati ziyoratchilarni yubormaslikka qaror qilgan.

Saudiya Arabistoni shu yil yanvar oyida Eron bilan diplomatik aloqalarni uzgandi.

Ikki mamlakat munosabatlari Eronda namoyishchilar Saudiya elchixonasi va konsulligiga o‘t qo‘yishi ortidan nihoyatda sovuqlashgan edi.

Eron esa Saudiya Arabistonida taniqli shia ulamosining qatl etilishini qattiq qoralab chiqqandi.

Eron hukumati shuningdek Saudiya hukumati xavfsizlik ta’minlanmas ekan ziyoratchilar yuborilmasligini bildirgan.

O‘tgan yili Makka tashqarisida yuz bergan izdihomda yuzlab ziyoratchilar halok bo‘lgandi.

Eronga ko‘ra, mazkur hodisada 460 nafar eronlik halok bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG