Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:48

Huquqbonlarni "xalq dushmanlari"ga chiqargan Zomin prokurori ishdan olindi


Zomin tumani
Zomin tumani

Shu yilning 24 may kuni Jizzax viloyati Zomin tumani prokurori, adliya maslahatchisi Bektosh Soipov lavozimidan bo‘shatilgan.

Ikki hafta muqaddam Bektosh Soipov viloyat hududida norasmiy faoliyat olib borayotgan huquq faollarini keskin tanqid qilgan edi.

"Ozodlik"ning Zomindagi manbalariga ko‘ra, 2016 yilning 16 aprel kuni Jizzax viloyatining Dashtobod shaharchasidagi San’at va musiqa kollejida o‘tgan majlisda nodavlat tashkilotlarida xizmat qilayotgan huquq himoyachilarini "xalq dushmanlari" deb atagan prokuror aynan internet nashrlari qahramoniga aylangani bois tizimdan chetlatilgan.

"Manimcha, hozircha ish berilmadi. Qaysidir tumanga tergovchimi, oddiy pomprokurormi qilib yuborilsa ajabmas. Lekin to‘g‘risini aytish kerak, rosa zominliklarning qonini ichayotgandi. Topib olgani shu tumandan chiqqan Mirziyoev edi. Go‘yo, unga yaqin, shuning uchun o‘zini daxlsiz his etardi. Tumanda qonunsizlik avj olgandi," deydi “Ozodlik” manbasi.

O‘z chaqirig‘i bilan Jizzax viloyatida mustaqil huquq himoyachilariga qarshi bosimlarni yana-da cho‘g‘lantirgan Bektosh Soipov Jizzax viloyatining Dashtobod shaharchasidagi San’at va musiqa kollejida fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasi pastligi uchun o‘zlarini “huquq himoyachilari” deb atayotgan kimsalar domiga ilinayotgani haqida gapirgandi. Majlisda prokuror militsiya va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini yuqorida nazarda tutilgan "huquq himoyachilari" bilan kurashga chaqirgandi.

Mahalliy huquq himoyachilari da’vo qilishlaricha, aynan prokuror Bektosh Soipov tuman miqyosidagi dastlabki tergov va so‘roqlar davrida gumondorlarning qiynoqlarga solishini, ulardan zo‘raki iqrorliklar olinishiga boshchilik qilgan.

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati vakili Abdurahmon Tashanov "Ozodlik bilan suhbat chog‘ida ilgari surilayotgan da’volarda asos borligini aytdi.

Абдураҳмон Ташанов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:36 0:00
Бевосита линк

Shu oy boshida Zomin tumani Shirin qishlog‘ida yashovchi Salima Axnazarova O‘zbekiston Prezidentiga ochiq murojaat yo‘llab, o‘g‘lini osib qo‘yib, soxta ko‘rgazma olish uchun kaltaklagan huquq-tartibot idoralaridagi mutasaddilarni javobgarlikka tortishni talab qilgandi.

Зоминлик Аббос Ахназаровнинг калтакланиши
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:20 0:00

​Jizzax viloyat prokuraturasi matbuot xizmati mobil muxbirlarimizning prokuror iste’fosi haqidagi so‘rovlarini javobsiz qoldirdi.

XS
SM
MD
LG