Линклар

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidan telefon qilgan 60 yashar texnik Isomiddin aka so‘nggi oylarda bu tumanda mobil shirkatlari aloqa sifati yana yomonlashib borayotgani, shikoyatlar esa shirkatlar tomonidan e’tiborsiz qoldirayotganidan arz qildi.

Uning arzicha, elektr taqchilligi bois, uyali aloqani ta’minlovchi stansiyalar ishi yomonlashayotgan bir paytda shirkatlar mijozlardan olinayotgan avtomatik qo‘shimcha xizmatlar ko‘lami va narxini oshirmoqda:

- Gaplashmasangiz ham oyiga 2 dollar pulingizni kompaniya yechib oladi. Bu pul nomerni ushlab turish, har xil qo‘shimcha xizmatlarga ketib qoladi. Ayniqsa, ovozli pochtasi ulanaverib, 3 sentdan pulingizni yechib olaveradi. Siz telefon qilasiz kimgadir, avtomatik ravishda ulanasiz ovozli pochtaga - gapirasiz, gapirasiz, javob bo‘lmagach, o‘chirasiz. Shirkat esa pulni yechib oladi. Buning ustiga aloqa yomon. Bir kishiga ikki og‘iz gapni aytmay turib, o‘chib qolaveradi, - deya arz qildi chiroqchilik texnik Isomiddin aka.

U aslida radio-televidenie sohasi bo‘yicha texnik ekani, shu kunda mobil shirkatlari ishlatayotgan stansiyalarning ish rejimini yaxshi tushunishini ham qo‘shimcha qildi.

Uning aytishicha, u yashaydigan tumanda mobil shirkatlari o‘rnatgani aytilgan ikkita shamol generatorlari paydo bo‘lgan:

- Chiyali jamoa xo‘jaligida ishlab turibdi. So‘rasam, shu mobil kompaniyalar qo‘ydi, deyishdi. Salgina shamolga pirillab aylanib, tok chiqaryapti. Aloqa ancha yaxshilanibdi. Shunaqa generatorlarni ko‘paytirishsin. Pul bularga muammo emas-ku, gaplashmasak ham 2 dollardan olib turibdi, axir. Aslida raqobat kuchaysa, aloqa arzonlashi kerak, bularda esa qimmatlab borayapti, - deydi chiroqchilik suhbatdosh.

Quyida u kishi bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

---------------------------------------------------------------------------------------------------
Muhim eslatma: OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG