Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:06

BMT: O‘rta Yer dengizida yuzlab muhojirlar g‘oyib bo‘ldi


BMT xabariga ko‘ra, oxirgi bir necha kun ichida Afrikadan Yevropaga borayotgan 700 dan ziyod odam O‘rta Yer dengiziga g‘arq bo‘lgan.

BMT vakilasi Karlotta Samining Associated Press muxbiriga aytishicha, Italiya qirg‘oqlarida shu hafta ichida uchta kema cho‘kib ketgan.

25 mayda migrantlarni eltayotgan kema ag‘darilishi oqibatida 300ga yaqin odam g‘oyib bo‘lgan.

Italiyalik harbiylar hodisani tasvirga olganlar.

26 may tongida esa bortida 670 nafarga yaqin odam bo‘lgan kema halokatga uchragan.

Muhojirlarning 550 nafari yo‘qolgani taxmin qilinmoqda, 104 nafari esa qutqarib olingan.

27 mayda yana bir kema dengizga g‘arq bo‘lgan.

135 odam qutqarib olingan , 45 ta jasad topilgan va yana ko‘plarning cho‘kib ketgani ishoniladi.

XS
SM
MD
LG