Линклар

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi Chevrolet Nexia avtomashinasini MDH davlatlaridan tashqari Yaqin Sharq va Afrika davlatlariga sotish ham rejalanmoqda.

GM Uzbekistan o‘tgan hafta yakunida Toshkentda yangi Nexia avtomashinasi taqdimotini o‘tkazdi.

Yangi sedan V-sinfiga oid bo‘lib, T250 platformasi bazasida yaratilgan. Mazkur avtomobil O‘zbekistonda 1996 yildan beri ishlab chiqarilayotgan Nexia avtomobilining o‘rnini bosadi.

Yangi Nexia GM Powertrain-Uzbekistan qo‘shma korxonasi ishlab chiqargan 1,5 litrli dvigatelga ega bo‘lib, besh bosqichli mexanik yoki olti bosqichli avtomat transmissiyaga ega bo‘ladi.

Chevrolet Nexia xorijda Ravon Nexia R3 brendi ostida sotilishi rejalanmoqda.

XS
SM
MD
LG