Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 09:01

Jizzaxda qizlarni foxishalikka majburlagan guruh sudlandi


Jizzaxda yosh qizlarni xorijga olib chiqib foxishalik qilishga majburlagan jinoiy guruhga nisbatan sud jarayoni yakunlandi.

Bu haqda “Interfaks” agentligi Jizzax viloyat sudidagi manbaga tayangan holda 28 may kuni xabar tarqatdi.

“Jinoiy guruhning tashkilotchisi 10 bolali ayol bo‘lgani aniqlandi. Sud uni 9 yilga, uning ikki sheriginining har birini esa sakkiz yarim yildanga ozodlikdan mahrum qildi”, deb aytgan Jizzax viloyat sudidagi manba.

Unga ko‘ra, jinoiy guruh qashshoq oilalardagi qizlarga `Yevropa va Osiyo davlatlarida katta oylik to‘lanadigan ish va’da qilib, ularni foxishaxonalarga jo‘natgan.

Foxishalikka majbur qilingan bir necha ayol O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik missiyalari yordamida o‘z vatanlariga qaytganidan so‘ng, huquq organlariga ariza yozganidan va mazkur jinoiy guruh qo‘lga olingan.

XS
SM
MD
LG